“Kitoblar karvoni” Sariosiyo tumanida
2026-02-21 14:00:00 / Ijtimoiy soha

"Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichida ishtirok etgan 10 nafar faol kitobxonni taqdirlash marosimi Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimining o'rinbosari A.Shukurov hamda tuman MMTB boshlig‘i T.O‘zbekov ishtirok etib, tanlov g‘oliblarini samimiy muborakbod etdi.
Xususan, “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichida faol ishtirok etib, saralangan Sariosiyo tumanidan 10 nafar yosh kitobxon tahsil olayotgan umumta’lim maktablariga “Kitoblar karvoni” doirasida badiiy, ilmiy-ommabop hamda sohaviy adabiyotlardan iborat 6 500 nusxadan ortiq kitoblar jamlanmasi yetkazib berildi.
Ma’lumot o‘rnida, Prezident tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olibi avtomobil bilan taqdirlanadi.









