Hududlarga tashrif - Bo‘yrapusht mahallasi
2026-02-10 14:00:00 / Ijtimoiy soha

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov hududlardagi o‘rganishlari davomida tumanning “Bo‘yrapusht” mahallasida bo‘lib, mahalla hududidagi 93-umumta’lim maktabi negizida DXSH asosida tashkil etilgayotgan bog‘cha qurilishi ishlari o‘rganildi.
Shuningdek, tuman rahbari tomonidan loyihani takomillashtirish hamda qurilish jarayonlarini belgilangan me’yor va talablar asosida sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, mahalladagi mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, yo‘lbo‘yi hududlarining shaharsozlik qiyofasini zamonaviylashtirish, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida “mahalla yettilik” faoliyati o‘rganilib, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush sharoitlarini oshirish, muammolarni aniq va manzilli hal etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.









