Sariosiyo tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi
2026-02-09 08:00:00 / Ijtimoiy soha

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini o‘rganish davomida 4-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida tuman rahbari maktabda tashkil etilgan “Otalar yig‘ilishi” da ishtirok etdi. Uchrashuv davomida otalar va bobolarga oilada farzand tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish, bolalarning ta’lim olishida maktab bilan hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, tarbiya jarayonlari ustidan samarali jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, “Otalar yig‘ilishi”da otalarning farzand tarbiyasi, odob-axloqi va farzand kelajagiga befarq munosabatda bo‘lmasliklari haqida ta’kidlandi.
Bundan tashqari, umum ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarida yuqori yutuqlarga erishgan maktab o‘quvchilariga faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.








