Shtab faoliyati: aholi murojaatlari ijrosi va kommunal xizmatlar holati muhokama qilindi
2026-01-13 17:00:00 / Qurilish masalalari

Kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish, aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida Sariosiyo tumani hokimligida tunu-kun ishlovchi maxsus shtab faoliyat yuritmoqda.
Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida navbatdagi Shtab yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda aholi murojaatlarining ijrosi, kommunal xizmatlar ko‘rsatilishi, jumladan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minoti borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Mas’ul idoralar rahbarlarining axborotlari tinglanib, sohada hal etilishi lozim bo‘lgan qator muammolar mavjudligi qayd etildi. Ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar va amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, tuman Shtabi faoliyatini yanada jadallashtirish, kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitlarida aholidan kelib tushayotgan har bir murojaatni tezkor ravishda mas’ullarga yo‘naltirish, kommunal tarmoqlarda tashkil etilgan maxsus brigadalar orqali muammolarni manzilli va o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
❗️Kommunal xizmatlar va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlarni quyidagi aloqa raqamlari orqali Shtab a’zolariga yetkazishingiz mumkin:
☎️ Telefon: +99876-487-63-26 (24 soat)







