Sariosiyo tumanda “Yashil makon” yaratish ishlari qizg‘in davom etmoqda
2026-01-12 08:30:00 / Yashil makon

Sariosiyo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamisha bahor va boshqa manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
▫️Xususan, bugun Sariosiyo tuman hokimi Odiljon Yaqubov tumanning M 41 avtomobil yo‘li hamda "Yangi O‘zbekiston" massivi bo‘ylab “yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan yer tayyorlash, shuningdek daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
🌿 Obodonlashtirish ishlari doirasida M 41 avtomobil yo‘li hamda "Yangi O‘zbekiston" massivi yo‘l chetlaridagi maydonlarda Hamisha bahor hamda boshqa manzarali daraxt va buta ko‘chatlar ekilib, doimiy ravishda har bir ko‘chatni sug‘orish, parvarishlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.









