Sariosiyo tumanda “Yashil makon” yaratish ishlari qizg‘in davom etmoqda
2026-01-09 10:10:00 / Yashil makon
#yashil_makon

📍Ayni vaqtda, Sariosiyo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning M 41 avtomobil yo‘li hamda "Yangi O‘zbekiston" massivi bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamisha bahor va boshqa manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.
🌿 Ushbu ko‘chatlar chang-to‘zonni ushlab qolish, yerning meliorativ holatini yaxshilash va aholi uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi.






