“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangi tahriri jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
2026-01-05 09:00:00 / E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yilning 26-dekabr kuni o‘z Murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish vazifasini ta’kidlagan edi.
Shunga ko‘ra, so‘nggi yillardagi o‘zgarish va natijalarni hisobga olib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi va uzbekistan2030.uz hamda regulation.gov.uz platformalarida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig'iga muvofiq, yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat aholi fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi.
Qadrli yurtdoshlar!
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting. Savol va takliflaringizni (71) 239-49-38, (71) 239-49-44 raqamli koll-markazi orqali bildirishingiz yoki info@asr.gov.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
