Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan savdo yarmarkasi faoliyati ko‘zdan kechirildi
2025-12-31 13:00:00 / Yangiliklar

Yangi yil bayrami munosabati bilan tumanidagi “Sariosiyo dehqon(oziq-ovqat) bozori” MChJda an’anaviy yangi yil savdo yarmarkasi davom etmoqda. Yarmarkada aholi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda bayram dasturxoni uchun kerakli ne’matlar qulay narxlarda taklif etilmoqda.
Unda savdo jarayonlarining tartibli va xavfsiz olib borilishi, shuningdek, sifatli mahsulotlarning barqaror va maqbul narxlarda sotilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.
Bugun, Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tomonidan Sariosiyo dehqon(oziq-ovqat) bozorida tashkil etilgan bayram yarmarkasi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Tuman rahbari bozorda aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda mahsulotlarni yetarli miqdorda va arzon narxlarda sotilishini ta’minlash, asosiy e’tiborni esa bayram dasturxoni uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi mahsulotlar bo‘lishiga qaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.







