Shifoxonalarda davolanayotgan bolajonlarga bayram sovg‘alari topshirildi
2025-12-31 17:00:00 / Tadbirlar

Yangi yil barcha orziqib kutadigan, hamma birdek nishonlaydigan bayram. Ayniqsa, u bolajonlarning eng sevimli bayrami hisoblanadi. Sog‘ligi tufayli bayram kunlari shifoxonalarda qolayotgan bolalar esa afsuski, bu kunni uyida kutolmaydi. Lekin, ular ham mehr va e’tibordan chetda emas, ularning bayramni nishonlashlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Xususan, bugun Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tuman Tibbiyot birlashmasi hamda birlashmaning Sharg‘un hududiy bo‘limlariga tashrifi buyurib, muassasalarda davolanayotgan bolajonlar va ularning oila a’zolari holidan xabar oldi.
Tashriflar davomida, bolalarning kayfiyatini ko‘tarish, yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda qarshi olishlari uchun samimiy suhbatlar o‘tkazilib, bolajonlarga Yangi yil sovg‘alari topshirildi.
Bolajonlarga quvonch ulashish uchun qor bobo va qor qiz ham ishtirok etib, ularga mustahkam sog‘lik, tez orada shifo topib, o‘z oilalari bag‘riga sog‘-salomat qaytish tilaklari bildirildi.
Mutasaddilarga zarur tibbiy muolajalarni olib borish, kerakli sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalarni berildi.









