Sariosiyo tumanida sug‘orish tarmoqlarini betonlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda
2025-12-24 10:10:00 / Qishloq va suv xo'jaligi

Sariosiyo tumani hokimi O.Yaqubovning qishloq va suv xo‘jaligidagi vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar asosida, tumanning So‘fiyon va Sariosiyo hududlarida suvning behuda yo‘qolishini oldini olish hamda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish amalga oshirilmoqda.
Betonlash ishlari suvdan tejamkor foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.




