Qishloq va suv xo‘jaligidagi vazifalar ijrosi o‘rganildi
2025-12-24 08:30:00 / Qishloq va suv xo'jaligi
Sariosiyolik mirishkorlar qishki tinim davridan unumli foydalanib, qishloq xo‘jaligi texnikalari va transport vositalarini saqlovga qo‘yish, kelgusi mavsumga tayyorlash maqsadida ta’mirlash, shuningdek, sug‘orish tarmoqlarini betonlash, g‘allazorlarni parvarishlash hamda yer maydonlarini mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlarini davom ettirmoqda.
Bugun Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tuman Don qabul qilish maskanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi texnikalari, traktor va agregatlarni saqlovga qabul qilish hamda mavsumga tayyorlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, bu boradagi ishlarni jadallashtirish masalalari, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.
Mas’ullarga texnikalarning to‘liq shayligini ta’minlash va mavsumga sifatli tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab berdi.
