🎄 Yangi yil arafasida arzonlashtirilgan yarmarka aholiga xizmat ko‘rsatmoqda
2025-12-23 08:45:00 / Tadbirlar

Yangi yil bayrami munosabati bilan tumanidagi “Sariosiyo dehqon(oziq-ovqat) bozori” MChJda an’anaviy yangi yil yarmarkasi davom etmoqda. Yarmarkada aholi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda bayram dasturxoni uchun kerakli ne’matlar qulay narxlarda taklif etilmoqda.
Aholi Yangi yil dasturxoni uchun zarur bo‘lgan barcha oziq-ovqat mahsulotlarini “Sariosiyo dehqon(oziq-ovqat) bozori” MChJda qulay narxlarda xarid qilishi mumkin.
Bugun, tuman rahbari Odiljon Yaqubov aloqador mas’ullar bilan birgalikda Sariosiyo dehqon(oziq-ovqat) bozorida Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, aholi uchun zarur bo‘lgan, bayram dasturxoniga mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda va yetarli miqdorda sotuvga chiqarishni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.









