Yoshlarga kasb-hunar o‘rgatish va bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
2025-12-19 11:00:00 / Ijtimoiy soha
Yurtimiz taraqqiyotining ustuvor maqsadlaridan biri — zamonaviy bilim va kasb egalari bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdir. Prezidentimizning “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish hamda yoshlar uchun munosib ta’lim sharoitlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda, bugun Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tumandagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi tashrif buyurib, ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlarning zamonaviy bilim egallashlari uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonlarining tashkil etilishi, talabalar turar-joylari va o‘quv laboratoriya xonalari ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng, tuman rahbari Sariosiyo tumandagi 1- va 2-son politexnikumlarda bo‘lib, yoshlarning zamonaviy bilim egallashlari uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv ustaxonalari holati hamda politexnikumlarning qish mavsumiga tayyorgarligi holati ko‘zdan kechirildi.
Tuman rahbari tomonidan, yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, tizimli yondashuvlarni joriy etish va amaliy natijadorlikni oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
