“Bio-Tex-Eko” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishildi
2025-12-15 14:00:00 / Qurilish masalalari

Prezidentimizning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlariga muvofiq, hududlarda sanitar tozalikni ta’minlash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida chiqarish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu orqali mahallalarda qamrov darajasi oshirilmoqda.
Bugun, Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tumandagi “Bio-Tex-Eko” MChJga tashrif buyurib, korxona faoliyati, xodimlarga yaratilgan sharoitlar va ish jarayonlarining borishi bilan tanishdi.
Xususan, mahallalar kesimida undiruv ishlari, kunlik tushumlar hamda ko‘cha va xonadonlar atrofini tozalash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan va kelgusidagi rejalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Tuman rahbari tozalik va ozodalik ishlarini muntazam va tizimli yo‘lga qo‘yish, doimiy faoliyat yuritadigan maxsus brigadalarni jalb etish, ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy obyektlar hamda aholi yashaydigan hududlarda ozodalikni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.









