Tibbiyot sohasidagi vazifalar ijrosi o‘rganildi
2025-11-28 09:40:00 / Yangiliklar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov Sharg‘un shahrida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish davomida tibbiyot muassasalari faoliyati bilan ham tanishdi.
Xususan, tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Sharg‘un hududiy bo‘limida bo‘lib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar va zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanganlik holati bilan tanishdi.
Tashrif davomida aholiga malakali va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, kasalliklar profilaktikasi, patronaj xizmatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tibbiyot muassasalarida “Elektron poliklinika” tizimini joriy etish holati ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng, tuman hokimi Sharg‘un shahridagi viloyat ixtisoslashtirilgan majburiy davolash narkologiya shifoxonasiga tashrif buyurib, shifokorlar va hamshiralar bilan suhbat qilinib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.






