Sariosiyo tumanida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” tanlovi mahallalar o‘rtasida davom etmoqda.
2025-11-15 09:00:00 / Ijtimoiy soha

Yurtimizda keng ko‘lamda boshlangan mazkur tanlov doirasida Sariosiyo tumanining “Shabnam” va “Shahriobod” mahallalarida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Mahallalar uyushmasi Sariosiyo tuman bo‘limi boshlig‘i S.Sheraliyev ishtirok etib, tanlovning mazmun-mohiyati hamda uning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Ushbu tashabbus mahallalarni yanada obod va go‘zal, xonadonlarni ozoda, ko‘chalarni esa tartibli qilish, fuqarolarda bunyodkorlik va mehr-oqibat ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida mahalla aholisi, yoshlar va faollar tomonidan obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, namunali xonadonlar va ozoda ko‘chalar ko‘zdan kechirildi.
Mahalla bosqichida g‘olib deb topilgan xonadon va ko‘chalar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etadi.



