Sariosiyoda sanoat korxonasi faoliyati bilan tanishildi
2025-11-12 08:30:00 / Qurilish masalalari

Surxondaryo viloyati hududlarida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali yangi sanoat va ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish hamda ishga tushirish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Sariosiyo tumanida "Huazi Investment Co. Ltd" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 36 milliard so‘m, shundan 20 milliard so‘mi xorijiy investitsiya hissasiga to‘g‘ri keladigan pishiq g‘isht ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrifi chog‘ida mazkur korxona faoliyati bilan tanishdi. Yillik quvvati 60 million dona mahsulot bo‘lgan korxonada ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Xorijlik investorlar bilan suhbat chog‘ida loyihani kengaytirish va yangi tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.





