Hudularga tashrif – Lutfkor mahallasi
2025-11-08 09:00:00 / Ijtimoiy soha

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tumanning “Yangi O‘zbekiston” massiviga tashrifini davom ettirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 103-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirkor D.Sattorovaning Tikuvchilik sexidagi ish faoliyati hamda ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Xususan, tuman rahbari “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilgan kutubxonaga tashrif buyurib, kutubxona faoliyati va yangi badiiy adabiyotlar, IT, elektron kitoblar hamda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholi uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.









