Hokimiyat haqida

Özbekiston Respublikasida Davlat boşqaruvi uç turdagi hokimiyatlar tomonidan taşkil etiladi. Bular qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyatlaridan iborat. Qonun çiqaruvçi hokimiyat - Oliy Majlis bölib, u quyi va yuqori palatadan taşkil topgan.
Quyi, ya’ni “Qonunçilik palatasi” 150 nafar doimiy ravişda faoliyat körsatuvçi deputatlardan iborat bölib, asosan qonun hujjatlarini işlab çiqiş bilan şuğullanadi.
Yuqori palata esa “Senat” deyiladi va u 100 nafar senatorlardan şakllanadi. Senatorlar özlarining asosiy xizmat vazifalaridan ajralmagan holda vaqti-vaqti bilan yiğilib turadilar va Qonunçilik palatasi tomonidan yaratilgan yangi qonun hujjatlarini örganib çiqib, qabul qiladilar. Ijro hokimiyatiga Vazirlar Mahkamasi boşçiligida vazirliklar, idoralar, Toşkent şahri va viloyatlar hokimliklari kiradi. Ijro hokimiyati bir söz bilan aytganda joylarda qonunlarning ijrosini ta’minlaş vazifasini bajaradi.
Sud hokimiyatiga Respublika Oliy sudi boşçiligida turli sohalardagi barça sudlar kiradi. Sudlar ijro hokimiyati hamda fuqarolar tomonidan qonunlarning buzilişiga yöl qöymaslikni ta’minlaydi.
Şahar hokimligi şaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, hududlarda Özbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyişlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, xalq deputatlari viloyat va şahar Kengaşi hamda viloyat hokimining qaror va farmoyişlari, bayonnomalari, topşiriqlari ijrosini ta’minlaydi.
Şahar hokimligi öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi hamda xalq deputatlari viloyat va şahar Kengaşi oldida hisob beradi.
Şahar hokimligi vakolatlarining amalga oşirilişi şahar hokimi, hokim örinbosarlari, mahalliy davlat boşqaruvi organlari rahbarlari, şahar hokimligining doimiy, muvaqqat komissiyalari, tegişli qarorlar bilan taşkil etilgan boşqa işçi organlarning hamda şahar hokimligi apparatining taşkiliy-amaliy işi bilan ta’minlanadi.
Şahar hokimligi faoliyati şahar hokimi tomonidan taşkil etiladi. Şahar hokimi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida hududdagi barça organlar, korxonalar va taşkilotlar, mansabdor şaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy bölgan qarorlar çiqaradi.
Şahar hokimining me’yoriy tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega bölgan hujjatlari qaror şaklida qabul qilinadi. Şahar hokimining tezkor va boşqa joriy masalalar böyiça hujjatlari farmoyiş şaklida qabul qilinadi.
“Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investitsiyalarni keng jalb qiliş va innovatsiyalarni joriy etiş borasidagi faoliyatini takomillaştiriş töğrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3407-son qaroriga muvofiq şahar hokimligi boşqaruv apparatining vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini taşkil etiş tartibini belgilanadi.
Boşqaruv apparati öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga va Özbekiston Respublikasining boşqa qonunlariga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyişlariga, boşqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat-şahar Kengaşlarining va viloyat hokimning hujjatlariga, şuningdek Qarşi şahar hokimligining boşqaruv apparati töğrisidagi Nizomga amal qiladi.
Boşqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, taşkiliy-texnik va moliyaviy-xöjalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari Kengaşi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, xalq deputatlari Kengaşi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oşiriş yuzasidan amaliy çora-tadbirlarni işlab çiqadi va ijroni muntazam ravişda tekşiradi.
Boşqaruv apparati xalq deputatlari Kengaşi faoliyatiga taşkiliy, texnik va boşqa xizmatlar körsatilişini ta’minlaydi.
Şahar hokimligi apparati öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investitsiyalarni keng jalb qiliş va innovatsiyalarni joriy etiş borasidagi faoliyatini takomillaştiriş töğrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3407-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-mart 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Özbekiston Respublikasi viloyatlari, şaharlari va tumanlari hokimliklari apparatlarida iş yuritiş va hujjatlar ijrosini nazorat qilişni taşkil etiş böyiça yöriqnoma” hamda viloyat hokimligining reglamentiga amal qiladi. Fuqarolarning takliflari, arizalari va şikoyatlari böyiça iş yuritiş “Fuqarolarning murojaatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni asosida amalga oşiriladi.
