Qarshi shahrida xotin-qizlarga psixologik xizmat ko‘rsatish markazi ochildi
2025-06-13 17:45:00 / Yangiliklar

Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida xotin-qizlarga psixologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi markaz o‘z faoliyatini boshladi.
Markazning tantanali ochilish marosimida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Ziyoda Aminova, viloyat IIB mas’ul xodimi Zamira Rustamova, Qarshi shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Matluba Ochilova, shuningdek, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar yangi markazda yaratilgan shart-sharoitlar, faoliyat yo‘nalishlari hamda mutaxassislar tomonidan ko‘rsatiladigan psixologik xizmat turlari bilan tanishdilar. Mazkur markaz xotin-qizlarga zo‘ravonlik, oilaviy nizolar va boshqa ijtimoiy-psixologik muammolar yuzasidan malakali psixologlar yordamida maslahatlar berishni maqsad qilgan.





