Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi
2026-10-17 09:35:00 / Yangiliklar

Qarshi shahri hokimi o‘rinbosari Faxriddin Do‘stmurodov raisligida shaharda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli shahar tashkilotlari rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va boshqaruv servis kompaniyalari mas’ullari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya-tozalik ishlarini kuchaytirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallalar va ko‘chalarda, chiqindi to‘plash maydonlarida, ko‘p qavatli uylar atrofida tozalik ishlarini amalga oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga ko‘p qavatli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, uylarning umumiy foydalanish joylaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda mavsum davomida aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, hududlarda tozalik va obodonlikni ta’minlash hamda kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



