Kichik faoliyatdan katta maqsadlar sari
2026-10-12 17:00:00 / Yangiliklar

Qarshi shahridagi Mustaqillik mahallasida yashovchi tadbirkor Muhabbat Rahimova bundan to‘rt yil avval uy sharoitida boshlagan faoliyatini bugun ishlab chiqarish sexi darajasiga olib chiqdi. Hozirda bu yerda 15 nafarga yaqin xotin-qiz avtomobillar uchun g‘iloflar tikib, tayyor mahsulot ishlab chiqarmoqda. Mahsulot turlari esa 8 taga yetgan.
Tadbirkor ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishni maqsad qilgan. Shu bois yaqinda Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev qabulida bo‘lib, faoliyatini kengaytirish bo‘yicha loyiha takliflarini taqdim etdi hamda kredit mablag‘lari ajratilishida amaliy yordam so‘radi.
Tadbirkorning tashabbusi qo‘llab-quvvatlanib, AT «Aloqabank»ning Qashqadaryo viloyati filiali tomonidan loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurslar ajratilishi belgilandi. Mazkur loyiha ro‘yobga chiqishi natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, faoliyat ko‘lamini kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyati yanada ortadi.
Bugun viloyat hokimi o‘rinbosari Z. Aminova hamda Qarshi shahri hokimi o‘rinbosari M. Ochilova tadbirkorlik subyektida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganish davomida tadbirkor ayolni qo‘llab-quvvatlash, uning tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Muhabbat Rahimovaning faoliyati xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarda yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.