Shahar hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-10-09 19:40:00 / Yangiliklar

Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev fuqarolar va tadbirkorlar uchun navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida har bir fuqaro va tadbirkor bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.
AT «Aloqabank» Qashqadaryo viloyati filiali direktori Shoxruz Jonquvatov hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida murojaatlarni joyida hal etish va mavjud muammolarga yechim topish choralari ko‘rildi.
Qabulda jami 15 nafar fuqaro va tadbirkorning murojaati ko‘rib chiqildi. Ular, asosan, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit ajratish, ta’lim krediti olish, ish bilan ta’minlash, uy-joy masalalari, yo‘llarni ta’mirlash hamda boshqa dolzarb masalalarga oid bo‘ldi.
Murojaatlarning 10 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning o‘z vaqtida va qonuniy hal etilishi nazoratga olindi.









