“Vatan tayanchi” otryadi a’zolari tantanali va’da berdilar
2026-10-09 19:35:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 9-oktyabr kuni Qarshi shahridagi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Aviatsiya institutida shahardagi umumta’lim maktablarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolarining tantanali va’da berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qarshi shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sh. Namozov, Qashqadaryo viloyati Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi podpolkovnik G. Umurqulov, Aviatsiya instituti ofitserlari hamda harbiy orkestr jamoasi ishtirok etdi.
Ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etilgan marosim davomida yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ulari, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik hissini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolariga otryad emblemalari va guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.









