Qarşida “Rahbar va yoşlar uçraşuvi”
2026-07-31 09:10:00 / Yangiliklar

Qarşi şahri hokimi Normömin Xolboyev va şahar prokurori Sobirjon Temirov iştirokida navbatdagi “Rahbar va yoşlar uçraşuvi” bölib ötdi.
Oçiq muloqot ruhida taşkil etilgan uçraşuvda yoşlar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va taşabbuslar atrofliça tinglandi. Asosiy e’tibor doimiy iş bilan ta’minlaş, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş va kengaytiriş uçun imtiyozli kreditlar ajratiş masalalariga qaratildi.
Uçraşuv davomida bir qator yoşlarga amaliy yordam körsatildi. Jumladan, 3 nafar yoşning oliy ta’lim muassasasida tahsil olişi uçun şartnoma tölovlari qoplab berildi va ularga tegişli vauçerlar topşirildi.
Şuningdek, tadbirkorlikka qiziqiş bildirgan 2 nafar yoşga qandolatçilik faoliyatini boşlaşlari uçun mikrotölqinli peçlar topşirildi. Bu esa ularning öz biznesini yölga qöyişiga xizmat qiladi.
Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va ularni jamiyatga yanada faol jalb etiş maqsadida, munosib xulq-atvor namoyon etgan 8 nafar yoş Yoşlar işlari agentligi Qarşi şahar bölimining tavsiyasi asosida profilaktik hisobdan çiqarildi.
Uçraşuv yakunida şahar hokimi Normömin Xolboyev yoşlarga murojaat qilib, yoşlik davrini samarali ötkaziş, muntazam bilim oliş, zamonaviy kasb-hunarlarni egallaş va hayotda aniq maqsad sari intiliş har bir yigit-qiz uçun muvaffaqiyat garovi ekanini ta’kidladi.









