Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-01-23 09:45:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Dastlab, Qarshi shahar prokurori Sobirjon Temirov tomonidan shahar prokuraturasi tomonidan 2025-yil davomida qonuniylikni ta’minlash, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi. Deputatlar mazkur masala yuzasidan tegishli muhokamalar olib bordilar.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi hamda 2025-yil davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika holati yuzasidan Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Farrux Ibragimovning hisoboti tinglandi.
Shuningdek, Qarshi shahar mahalliy byudjetining 2026-yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘larini yo‘naltirish masalasi yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Nurbek Turdiyev hisobot berdi.
Sessiya davomida yana bir qator dolzarb masalalar muhokama qilinib, ular bo‘yicha tegishli qaror loyihalari qabul qilindi.









