Ochiq eshiklar kuni
2025-11-25 15:35:00 / Yangiliklar

Qarshi shahar hokimligida aksilkorrupsiya oyligi hamda 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Unda hokimlik apparati xodimlari va shahar tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olishda ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi. Bu maqsadda “Ochiq eshiklar kunlari”ni muntazam tashkil etish, murojaatlarni onlayn qabul qilish mexanizmlarini soddalashtirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha choralar belgilandi.
Bundan tashqari, Qarshi shahrida “Korrupsiyaga qarshi jamoatchilik kengashi” faoliyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.


