Xususiy va korporativ pensiya tizimlari xorijiy davlatlarda qanday yoʻlga qoʻyilgan?
2026-09-29 17:05:00 / Jamg'arma yangiliklari

Oʻzbekistonda ham 2027-yil yakuniga qadar xususiy va korporativ pensiya jamgʻarmalarini tashkil etish taklif etilmoqda.
Xoʻsh, bunday tizim boshqa davlatlarda qanday ishlaydi?
Koʻplab davlatlarda fuqaroning keksalikdagi daromadi faqat davlat pensiyasidan iborat emas. Oddiy qilib aytganda, pensiya bir nechta manbadan shakllanadi: davlat pensiyasi, ish beruvchi tomonidan jamgʻariladigan pensiya va fuqaroning oʻz shaxsiy jamgʻarmalari.
Masalan, Shveysariyada ish beruvchilar xodimlar uchun kasbiy pensiya tizimida ishtirok etadi. Bunday pensiya davlat pensiyasiga qoʻshimcha boʻladi. Shuningdek, fuqarolar oʻz xohishiga koʻra shaxsiy pensiya jamgʻarmalarini ham shakllantirishi mumkin.
Buyuk Britaniyada esa ish beruvchilar xodimlarni pensiya jamgʻarmalariga jalb qilish tizimida ishtirok etadi. Xodim va ish beruvchi tomonidan kiritilgan mablagʻlar kelajakda qoʻshimcha pensiya daromadini shakllantirishga xizmat qiladi.
Niderlandiyada ham ish beruvchilar ishtirokidagi kasbiy pensiya tizimi keng tarqalgan. Ayrim sohalarda ish beruvchi va xodimlarning pensiya tizimida ishtirok etishi majburiy hisoblanadi.
Yaʼni xorij tajribasida asosiy gʻoya shundan iborat: fuqaro pensiyaga chiqqanda faqat davlat pensiyasiga emas, balki ish beruvchi va shaxsiy jamgʻarmalariga ham tayanishi mumkin.
Rossiya, Qozogʻiston, Armaniston va Qirgʻizistonda xususiy va korporativ pensiya jamgʻarmalari allaqachon shakllangan hamda ular kapital bozorining institutsional investorlari sifatida faoliyat yuritmoqda.
Oʻzbekistonda tashkil etilishi taklif etilayotgan xususiy va korporativ pensiya tizimlari ham fuqarolarning kelajakdagi pensiya daromadlarini qoʻshimcha manbalar hisobidan shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
