MUHIM EʼLON: 27-AVGUST KUNI (BUGUN) XALQ BANKI SAYYOR KASSALARI ISHLAYDI
2026-08-27 09:05:00 / Jamg'arma yangiliklari

Avgust oyi uchun pensiya mablagʻlarini naqd pul shaklida hali olmagan pensionerlar diqqatiga!
Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami munosabati bilan pensiya toʻlovlarini oʻz vaqtida yetkazib berish maqsadida 27-avgust kuni AT "Xalq banki"ning Sayyor kassalari toʻliq ish kuni tartibida faoliyat yuritadi.
Shu munosabat bilan, avgust oyi pensiya mablagʻlarini hali olmagan pensionerlar 27-avgust kuni (bugun) Sayyor kassalar orqali pensiya mablagʻlarini olishlari mumkin.
Ushbu xabarni pensiyasini hali olmagan pensioner yaqinlaringizga yuborib qoʻying.
