Xorijda ishlayapsizmi? Kelajakdagi pensiyangiz haqida ham oʻylang!
2026-08-21 11:20:00 / Jamg'arma yangiliklari
Ayrim Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet elda mehnat faoliyati yuritishadi va ularda pensiya borasida tabiiy savol tugʻiladi: "Men chet elda ishlayman. Pensiya yoshiga yetsam menga pensiya tayinlanadimi?"
Agar siz chet elda mehnat qilayotgan boʻlsangiz, Pensiya jamgʻarmasiga ixtiyoriy ijtimoiy soliq toʻlab borishingiz mumkin. Ushbu ijtimoiy soliq toʻlangan davrlar ish stajiga qoʻshiladi va kelgusida sizga pensiya tayinlanishiga imkoniyat yaratadi.
Ijtimoiy soliq qanday tartibda va qancha miqdorda toʻlanishi boʻyicha batafsil maʼlumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
