Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarma boshliqlari tayinlandi.
2026-08-03 19:05:00 / Jamg'arma yangiliklari

- Artikov Baxodirjon Mahkamovich byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar B.Artikov Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining Ichki audit boshqarmasi bosh mutaxassisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
- Xodjimurotov Zafar Zaripovich byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Z.Xodjimurotov Pensiya jamgʻarmasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
- Umarov Avzaljon Yodgorali oʻgʻli byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Namangan viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar A.Umarov Namangan viloyati Chust tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining moliya va byudjet masalalari boʻyicha oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
- Rajabov Suyun Ismailovich byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar S.Rajabov Pensiya jamgʻarmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
- Roʻziyev Muhiddin Murotbekovich byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar M.Roʻziyev Pensiya jamgʻarmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
