2023-yil iyul oyi pensiya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi
2023-07-04 20:30:00 / Jamg'arma yangiliklari
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning iyul oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 4,5 mln. nafar pensiya va nafaqa oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar 4-iyul kuniga qadar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berildi.

Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya va nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini maʻlum qilamiz.
