O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.
2026-07-30 16:15:00 / Jamg'arma yangiliklari
2026 yil 30 iyul kuni Cho‘lpon-Ota shahrida o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida Davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.
Bitimga muvofiq:
- Bitim kuchga kirganidan keyin orttirilgan ish staji uchun pensiyani tegishli staj orttirilgan davlat tayinlaydi va to‘laydi.
- fuqaro boshqa Tomon hududiga ko‘chib o‘tgan taqdirda ham tayinlangan pensiyasini olishda davom etadi;
- dafn etish nafaqasi pensioner vafot etgan vaqtda doimiy yashagan davlat qonunchiligi asosida tayinlanadi;
