Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga tahdid!
2026-05-18 10:25:00 / Jamg'arma yangiliklari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda boshqarma xodimlari, tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari hamda barcha mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish bo‘yicha davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga oid qonunchilik hujjatlari hamda xizmat faoliyatida halollik va mas’uliyat tamoyillariga rioya qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim prokurori A.Ergashev, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimi R.Usmonovlar taklif etildi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati muhim ekani, fuqarolar bilan ishlash jarayonida ochiqlik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish lozimligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vakolatlaridan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik hamda murojaatlar bilan ishlashda shaffof tizimni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, tizimda halollik muhitini yanada kuchaytirish hamda xizmat vazifalarini vijdonan bajarish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Shu oʻrinda, Pensiya jamgʻarmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi masʼullari korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan keng jamoatchilik bilan hamkorlik uchun Pensiya jamgʻarmasining “12-71” hamda boshqarmada tashkil qilingan (73) 226-35-26 ishonch telefonlari doimiy faoliyat koʻrsatayotganligini eslatib oʻtadi.





