Pensiya jamgʻarmasiga joriy yilning I choragida kelib tushgan murojaatlar tahlili
2026-04-13 09:05:00 / Jamg'arma yangiliklari
Hukumatimiz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga alohida eʻtibor berilmoqda. Bunda, asosiy eʼtibor fuqarolar bilan bevosita muloqotni tashkil etish, ularning huquq va erkinlari hamda qonuniy manfaatlarini toʻlaqonli ravishda himoya qilishga qaratilgan.
Jumladan, Pensiya jamgʻarmasi tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining talablariga muvofiq oʻz vaqtida hamda sifatli ijro etilishi qatʻiy nazoratga olingan.
Pensiya jamgʻarmasiga joriy yilning I choragida jami 1 980 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning 1 622 tasi (81,9 %) elektron, 163 tasi (8,2 %) yozma va 195 tasi (9,8 %) ogʻzaki shaklda boʻlib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 42,1 % ga kamaygan.
Kelib tushgan murojaatlarning 319 tasi (16,2 %) Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga, 1 404 tasi (70,9 %) jamgʻarmaning hududiy boshqarmalariga hamda 256 tasi (12,9 %) tuman (shahar) boʻlimlariga kelib tushgan.
Ushbu murojaatlarning 1 968 tasi (99,4 %) jismoniy shaxslardan, 12 tasi (0, 6%) yuridik shaxslardan kelib tushgan bo’lib, shundan 1 870 tasi (94,4 %) ariza, 82 tasi (4,1 %) shikoyat va 28 tasi (1,4 %) takliflardan iborat.
Murojaatlar kelib tushish manbasi boʻyicha 1 435 tasi (72,5 %) OʻzbekistonRespublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari, 51 tasi (2,6 %) Boshprokuratura “Ishonch telefoni”, 10 tasi (0,5 %) Pensiya jamgʻarmasi “Ishonchtelefoni”, 12 tasi (0,6 %) Kasaba uyushmasi “Ishonch telefoni” orqali hamda qolgan472 ta (23,8 %) murojaatlar boshqa manbalar orqali kelib tushgan.
Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra, 1 543 tasi (77,3 %) boʻyichaqanoatlantirilgan, 52 tasi (2,6 %) koʻrmasdan qoldirilgan, 59 ta (3,0 %) tegishliligiboʻyicha vakolatli tashkilotlarga yuborilgan, shuningdek, 326 ta (16,5%) murojaathozirgi kunda koʻrib chiqilmoqda.
Kelib tushgan murojaatlar mazmuni jihatdan quyidagi yoʻnalishlar boʻyichatavsiflanadi:
- pensiya miqdorini koʻrib chiqish va uni oshirib berish masalasida – 867 ta(43,8%);
- pensiya tayinlash masalasida – 489 ta (24,7 %);
- pensiyalarni toʻlovi masalasida – 182 ta (9,2%);
- pensiya tayinlashda ish stajini hisobga olish masalasida – 179 ta (9,0%);
- pensiya toʻlovi toʻxtatilishi va ortiqcha toʻlovlar masalasida – 55 ta (2,8%);
- fuqarolardan kelib tushgan takliflar va boshqa masalalarda –208 ta (10,5%)ta.
Hududlar boʻyicha tahlil qilinganda, eng koʻp murojaatlar Toshkent shahri 298ta (15,1%), Qashqadaryo 254 ta (12,8%) va Toshkent viloyatlari 193 ta (9,7%) nitashkil qilgan.
Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalar va tuman(shahar) boʻlimlari tomonidan fuqarolarga pensiya tayinlash va toʻlash tartiblari vashartlari toʻgʻrisida tushuntirish va maʻlumotlar berib borilmoqda.
Manba: Pensiya jamgʻarmasi matbuot xizmati
