Pensiya tayinlash yanada oson amalga oshirilmoqda!
2026-04-13 09:45:00 / Jamg'arma yangiliklari
Bugungi kunda pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga yoshga doir pensiyalar tayinlash jarayoni avtomatik amalga oshirilmoqda.
Bunda, tegishli tashkilotlarning axborot tizimlaridagi elektron maʼlumotlar asosida fuqaroning pensiyaga huquqlari aniqlanadi:
- ortiqcha hujjat topshirish talab etilmaydi;
- idorama-idora yurishga hojat qolmaydi;
- vaqt va ovoragarchiliklar kamayadi;
- bir kunda pensiya tayinlanadi.
Bu esa fuqarolarga tez, shaffof va zamonaviy davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.
“Proaktiv tarzda yoshga doir pensiya tayinlanishi” haqida tayyorlangan ijtimoiy videorolikni eʼtiboringizga havola etamiz.
