Korrupsiyaga qarshi kurash — har bir fuqaroning burchi!
2026-04-01 14:50:00 / Jamg'arma yangiliklari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash – har bir fuqaroning burchi!” mavzusida amaliy seminar oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasining boʻlim katta prokurori N. Yuldashev taklif etildi.
Uchrashuvda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili ishtirok etib, bugungi kunda korrupsiya jamiyat rivojiga jiddiy toʻsqinlik qilayotgan dolzarb muammo ekanini alohida taʻkidladi. Ushbu illatni bartaraf etishda shaffoflikni taʻminlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Shuningdek, har bir fuqaro halollik tamoyillariga amal qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etsa, jamiyatda adolatni qaror toptirish mumkinligi alohida urgʻulandi. Zero, korrupsiyaga qarshi kurash faqat davlat organlarining vazifasi boʻlib qolmasdan, balki har bir fuqaroning muhim burchi hisoblanadi.
Tadbir davomida oʻquv-seminar ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Shu bilan birga, Pensiya jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi masʻullari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda keng jamoatchilik bilan hamkorlik muhim ekani taʻkidlanib, murojaatlar uchun ishonch telefonlari – “12-71” hamda (61) 222-54-01 raqamlari doimiy ravishda faoliyat yuritayotgani eslatib oʻtildi.



