Navro‘z ruhidagi bunyodkorlik va hamjihatlik
2026-03-21 11:40:00 / Jamg'arma yangiliklari

Navro‘z umumxalq bayrami yurtimizda nafaqat yangilanish va yasharish timsoli, balki mehr-oqibat, birdamlik va ezgu an’analarning yorqin ifodasidir. Shu munosabat bilan Pensiya jamg‘armasining tuman va shahar bo‘limlari xodimlari tomonidan tashkil etilgan umumxalq hashari yuqori ruhda va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Mazkur xayrli tadbirda jamoa a’zolari faol ishtirok etib, atrof-muhitni obodonlashtirish, hududlarni tozalash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdilar. Hashar jarayonida nafaqat hududlar tartibga keltirildi, balki jamoa ichidagi hamjihatlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhiti yanada mustahkamlandi.
Navro‘z bayramining asosiy g‘oyalari – poklanish, yangilanish va ezgulikka intilish ushbu tadbirda o‘zining amaliy ifodasini topdi. Har bir xodimning fidoyiligi va tashabbuskorligi orqali hududlar yanada obod, yashil va fayzli maskanga aylandi.
Shuningdek, 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Ekologiya va yoshlar” hamda “Navro‘z sayli” kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar orqali yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirildi, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilindi hamda bayram shukuhi keng nishonlandi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda birlik va hamjihatlikni mustahkamlab, yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilishi shubhasiz.




