“Gender tengligi - demokratik islohotlarning muhim mezoni”
2026-03-10 21:55:00 / Jamg'arma yangiliklari

Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatida Xotin-kizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan “Gender tengligi - demokratik islohotlarning muhim mezoni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur seminarda Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va inson huquqlari shoʻbasi dotsenti Abdullayeva Dilfuza ishtirok etdi. Davra suhbatida mutaxassis tomonidan respublikamizda ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilik normalari haqida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, davra suhbatida fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimida hamda Pensiya jamgʻarmasi tizimida gender tenglik va ayollarni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar taʼkidlab oʻtildi.






