Korrupsiya- taraqqiyotga tahdid!
2026-03-04 14:35:00 / Jamg'arma yangiliklari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xuzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda tuman shahar bo‘lim boshliqlari ishtirokida “Korrupsiya- taraqqiyotga tahdid” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
O‘quv seminarida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparati korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i A. Axmedov ishtirok etdi.
Korrupsiya ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Aynan shu illat sababli ko‘plab davlatlarning inqirozga yuz tutgani ham tarixdan ma’lum.
Korrupsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora pul emas, balki boshqa narsa evaziga ma’lum xizmatni amalga oshirishlari mumkin.
Bugungi kunda respublikamizda jinoyatchilikning sabablarini aniqlash choralari ko‘rilmoqda, fosh etilgan korrupsiya qo‘l urgan fuqarolar qattiq jazolanmoqda. Mamlakat ichidagi jinoyatchilik doimo davlat tomonidan qattiq nazorat qilib boriladi.
Shuni alohida aytish joizki, korrupsiya jinoyati har qanday jinoyat kabi davlat va jamiyatning barqarorligi, tinchligi, ayniqsa taraqqiyoti uchun xavfli hisoblanadi. Unga qarshi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki barchamiz hamkorlikda kurash sakkina bu illatning ildizini quritishga erisha olamiz.
Shu o‘rinda, Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi mas’ullari korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan keng jamoatchilik bilan hamkorlik uchun Pensiya jamg‘armasining “1271” hamda boshqarmada tashkil qilingan (66) 233-47-50, (66) 231-11-66 raqamli ishonch telefonlari doimiy faoliyat ko‘rsatayotganligini ma’lum qilamiz.



