Pensiya tayinlashda hisobga olinmagan ish stajlaringiz toʻgʻrisida bilishni xoxlaysizmi?
2026-02-18 17:35:00 / Jamg'arma yangiliklari
Unday boʻlsa, Pensiya jamgʻarmasi tashabbusi bilan my.gov.uz portalida yoʻlga qoʻyilgan yangi xizmat orqali bu toʻgʻrisida maʼlumotnomani onlayn olishingiz mumkin.
Shuningdek, ushbu xizmat orqali siz:
- pensiyangizning aniq miqdori;
- umumiy ish stajingiz qanchaligi;
- aniqlangan oʻrtacha ish haqingiz va hisobga olingan miqdori;
- pensiyangizning tayanch miqdori;
- ortiqcha ish stajlaringiz uchun pensiyangizga qoʻshimcha toʻlov miqdori kabi maʼlumotlarni ham koʻrishingiz mumkin.
Navbat kutmaysiz — barchasi bir necha soniyada amalga oshadi!
Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/1354
