Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati rahbariyati tomonidan 2025-yil davomida jismoniy shaxslar bilan o’tkazilgan shaxsiy qabullar toʻgʻrisida
2025-12-30 18:40:00 / Jamg'arma yangiliklari
Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati rahbariyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvaliga muvofiq oʻtkazib borilmoqda.
Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi direktor va o'rinbosarlari tomonidan o'tkazilgan shaxsiy qabullar fuqarolar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot o'rnatish va ularning muammolarini hal etishdagi muhim omillardan biri bo'lib qoldi. Ushbu qabullar davlat boshqaruvi va jamiyat o'rtasidagi samarali aloqalarni ta'minlashga xizmat qilmoqda, shuningdek, fuqarolarning turli ijtimoiy va iqtisodiy masalalariga javob berish imkonini yaratmoqda.
Pensiya jamgʻarmasi rahbariyati tomonidan 2025-yilda 21 marotaba shaxsiy qabullar, shulardan 1 marotaba videokonferensaloqa orqali o‘tkazilgan bo‘lib, shundan ijro etuvchi direktor tomonidan 12 marotaba, ijro etuvchi direktorning birinchi o‘rinbosari tomonidan 3 marotaba hamda ijro etuvchi direktorning o‘rinbosari tomonidan 6 marotaba o‘tkazilgan.
Rahbariyat o‘tkazgan shaxsiy qabullarda jami 21 nafar fuqarolarning 5 nafariga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 16 nafarining masalalari ijobiy hal etilgan.
Shaxsiy qabul jarayoni 2025-yilda davlat boshqaruvi, pensiya tizimidagi islohotlar va fuqarolar o'rtasidagi ishonchni oshirishga katta hissa qo'shdi. Direktor va uning o'rinbosarlari tomonidan tashkil etilgan qabul tizimi orqali ko'plab ijtimoiy masalalar hal etildi, fuqarolarning murojaatlari tezkor va samarali hal qilindi. Ushbu tizimning davom etishi, jamiyatni rivojlantirishda muhim rol o'ynashini kutish mumkin.
Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining rahbar xodimlari tomonidan shaxsiy qabullar kelgusi 2026-yilda ham samarali o‘tkazib boriladi.
