SILK ROAD NIGHT RUN powered by TIIF
2026-04-14 13:00:00 / Yangiliklar

🟠«Ipak yo‘li» bag‘ishlangan oqshomgi yugurish musobaqasi
🟠Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF 2026) ochiladigan kun - 16-iyun kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘i hududida «Silk Road Night Run powered by TIIF» - 3 dan 10 kilometrgacha bo‘lgan masofaga oqshomgi yugurish musobaqasiga taklif qilamiz.
🟠Musobaqaga soat 20:00 da - quyosh Toshkent uzra botib, atrofga sokinlik cho‘kkan pallada start beriladi. Forum delegatlari, xalqaro hamkorlar, davlat idoralari vakillari hamda poytaxtimiz aholisidan iborat ishtirokchilar «Yangi O‘zbekiston» bog‘ining fusunkor hududi bo‘ylab yuguradilar. Mazkur tadbir jismoniy tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, barcha uchun ochiqdir.
🟠«Silk Road Night Run» - forum dasturidan o‘rin olgan hamda sport va netvorkingni o‘zida mujassam etgan «TIIF Active Series» turkumidagi ikkinchi yirik loyihadir. Bunday tadbirlar bugungi kunda dunyoning yetakchi muloqot maydonlarida ommalashib bormoqda, zero eng mustahkam va samarali aloqalar ko‘pincha rasmiy anjumanlar zalidan tashqarida - samimiy hamda qulay muhitda o‘rnatiladi.
⚫️2026-yil 16-iyun, 20:00, «Yangi O'zbekiston» bog‘i, Toshkent. 3-10 km, barcha ishtirok etishi mumkin.
⚫️Hamkorlik va homiylik: a.shamatov@miit.uz, www.tiif.online
