Bo'sh ish o'rinlari
Strategik rejalashtirish va axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i
Oylik ish haqi: 6 619 392 so‘m
Ish joyi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani
Bandlik turi: to‘liq
Mehnat shartnomasi: nomuayyan muddatga
Talab etiladigan ish staji: kamida 5 yil
Ma’lumoti: oliy
Ilmiy daraja: PhD/DSc talab etilmaydi
Test turi: Davlat fuqarolik xizmatchisi (boshqaruv xodimi)
Malakaviy talablar
Nomzod:
* oliy ma’lumotga, kamida bakalavriat darajasiga ega bo‘lishi;
* magistratura, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lsa, afzallik beriladi;
* kamida 5 yillik ish stajiga, shu jumladan, kamida 3 yillik rahbarlik lavozimidagi ish tajribasiga ega bo‘lishi;
* davlat tilini mukammal bilishi;
* rus tilidan tashqari xorijiy tillardan birini bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lsa, afzallik beriladi;
* strategik rejalarni ishlab chiqish, ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, tahlil natijalari asosida hisobotlar hamda takliflar tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
* kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlarni puxta bilishi;
* zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana olishi, jumladan, Microsoft Word, Excel va PowerPoint dasturlarida mukammal ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
* ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
* O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi va sudlanmagan bo‘lishi;
* mas’uliyatli, tashabbuskor, mehnatsevar, rahbarlik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi, o‘z fikrini aniq, ravon va asoslantirilgan tarzda bayon eta olishi hamda vatanparvarlik fazilatlariga ega bo‘lishi lozim.
Lavozim majburiyatlari
Belgilangan lavozim vazifalari va funksional majburiyatlarni amaldagi qonunchilik hamda tashkilotning ichki hujjatlariga muvofiq bajarish.
Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba–juma
Ish vaqti: 09:00–18:00
Mutaxassislik yo‘nalishlari
* yurisprudensiya;
* ijtimoiy-iqtisodiy soha mutaxassisliklari.
