Bir savolga javob
2025-10-27 09:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Yaqinda ishdan bo‘shadim, lekin 2020-2021-yillarda mehnat ta’tiliga chiqmaganman. Foydalanilmagan ta’tillarni olish tartibi qanday?
Mehnat kodeksining 234-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Shunga ko'ra, 2020-2021-yillar mobaynidagi ish davrida foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun sizga pullik kompensatsiya to‘lab beriladi.
