Ijro intizomi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
2025-08-01 12:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o'rinbosari Sirojiddin Boboqulov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan vazirlikka belgilab berilgan topshiriqlarning ijro holati yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda 2025-yilning birinchi yarim yilligidagi ijro intizomining holati, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar hamda 2025-yilning ikkinchi yarim yilligida ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mazkur yig'ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–117-son Farmoni ijrosini tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.



