Bugun barcha xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishi mumkin!
2024-03-07 09:45:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun barcha xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishi mumkin!
Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, quyidagi kunlar bayram (ishlanmaydigan) kunlardir:
1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z bayrami;.
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr — Konstitutsiya kuni;
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
Mehnat kodeksining 187-moddasiga asosan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Ertaga, 8-mart (juma) — Xotin-qizlar kuni, Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kun hisoblanadi.
Demak, bugun — barcha xodimlar odatdagidan 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.
