"Zero Risk" dasturi doirasida aholi yuqori daromadli ish o‘rinlari va zamonaviy kasblarga o'qitiladi
2024-02-28 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari
“Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda IT-sanoatni rivojlantirish, aholini yuqori daromadli ish o‘rinlari va zamonaviy kasblar bilan ta’minlash, hududlarga IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan "Zero Risk" dasturi amaliyotga joriy etiladi;
Loyiha doirasida IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarga:
— xodimlar malakasini oshirish maqsadida "Bir million dasturchi" loyihasi doirasidagi nufuzli xalqaro ta’lim platformalarining eksport yo‘nalishida talab yuqori bo‘lgan onlayn o‘quv kurslarida bepul o‘qitish imkoniyati ta’minlanadi.
