Asosiy kontentga o'tish

“Loyiha menejerlari” nimalar bilan band?

2025-03-24 20:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-347-sonli (https://www.lex.uz/uz/docs/-7131782) Qaroriga muvofiq, yuqori natijaga erishib kelayotgan, ijobiy tajribaga ega hokim yordamchilaridan iborat 50 nafar “Loyiha menejerlari” samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan ogʻir toifadagi 71 ta tumanlarga biriktirildi.

Ayni paytda “Loyiha menejerlari” hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda 20 dan ortiq yoʻnalishlardagi ijobiy tajribalarni tadbiq qilishdi.

Mazkur loyihalar asosida 1417 ta oilalar qamrab olinib, ularning 2704 nafar oila-azolari bandligini taʼminlash imkoniyati yaratildi.

432

Oxirgi yangilanish: 2025-03-25 20:00:15

“Loyiha menejerlari” nimalar bilan band?