Asosiy kontentga o'tish

250 ming nafar xotin-qizlar kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitiladi

2025-03-17 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

 “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (103-son, 14.03.2025 y.) qabul qilindi.

📝Qarorga koʻra, 2025-yilda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

👉2 million nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlash;
👉250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish;
👉250 ming nafar xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish;
👉50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sogʻlomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha motivatsion seminarlar tashkil etish.

 “HAMROH” tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida 2025-yil 1-maydan:

xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million soʻmgacha grant ajratish yoʻlga qoʻyiladi;

ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan xotin-qizlarga 100 mln soʻmgacha garovsiz kredit ajratiladi;

ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yoʻlga qoʻyiladi.

246

Oxirgi yangilanish: 2025-03-17 12:04:47

250 ming nafar xotin-qizlar kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitiladi